Maxfiylik siyosati va ma'lumotlar
Promokoduz foydalanuvchi ma'lumotlari, analitika va cookie sozlamalarini qanday yig'ishi, ishlatishi va himoya qilishini bilib oling.
Oxirgi yangilanish: 24/10/2026
Qanday ma'lumotlar to'planadi
Saytda ro'yxatdan o'tish yo'q, shuning uchun ismingiz yoki telefon raqamingizni so'ramaymiz. Tashrif paytida analitika xizmatlari IP manzilingizni, qurilmangiz va brauzeringiz haqidagi ma'lumotlarni, qaysi sahifalarni ochganingizni hamda sahifadagi harakatlaringizni — jumladan bosishlar va sahifa yozuvi (Yandex Metrika Webvisor) — yig'adi. Saytning o'zi esa promokodlar necha marta ko'rilgani, nusxalangani va ularga qanday ovoz berilganini umumiy tarzda sanaydi.
Uchinchi tomon xizmatlari
Sayt quyidagi xizmatlar yordamida ishlaydi va ular ma'lumotlarni o'zlari ham yig'adi: Google (Tag Manager va analitika), Yandex Metrika (Webvisor bilan), Vercel (hosting hamda Analytics va Speed Insights), Cloudflare (himoya va yetkazib berish) va Supabase (ma'lumotlar bazasi). Bu xizmatlarda ularning o'z maxfiylik siyosatlari amal qiladi. Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz.
Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
Saytning ma'lumotlar bazasi va serverlari Hindistondagi (Mumbay) ma'lumotlar markazlarida joylashgan, Cloudflare esa so'rovlarni dunyo bo'ylab tarqalgan serverlari orqali o'tkazadi. Analitika ma'lumotlari Google va Yandex serverlarida saqlanadi.
Telegram bot
@promokoduz_app_bot botidan foydalansangiz, bot Telegram ID raqamingizni, username, ism va familiyangizni, tanlagan tilingizni, oxirgi 10 ta qidiruv so'rovingizni hamda oxirgi ko'rgan 10 ta promokodingizni saqlaydi. Bot telefon raqam, joylashuv yoki to'lov ma'lumotlarini so'ramaydi. Xabarlarni to'xtatish uchun botni bloklang, ma'lumotlarni o'chirish uchun esa quyidagi manzillarga yozing.
Brauzer kengaytmasi
Promokoduz kengaytmasi (Chrome, Edge va Firefox uchun) har 6 soatda promokoduz.uz saytidan amaldagi takliflar ro'yxatini yuklab oladi. Ochiq turgan sahifa manzili shu ro'yxatdagi do'kon saytlari bilan brauzeringizning ichida solishtiriladi: qaysi saytlarga kirganingiz hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi. Kengaytma faqat siz ruxsat bergan do'kon saytlarida ishlaydi, bu ruxsatni esa brauzer sozlamalarida istalgan vaqt bekor qilishingiz mumkin. Brauzeringizda faqat yuklab olingan takliflar ro'yxati va u qachon yuklangani, sozlamalaringiz (til, karta qachon ko'rsatilishi, karta o'chirilgan saytlar), karta har bir do'konda oxirgi marta qaysi kuni ko'rsatilgani va uning yon yorlig'ini qayerga surganingiz, hamda oxirgi bir haftada ishlatgan takliflaringiz va ular ishladimi degan javobingiz saqlanadi; kengaytma o'chirilsa, bular ham o'chadi. Kodni nusxalaganingizda yoki taklif havolasini ochganingizda kengaytma saytga shu taklifning raqamini yuboradi, chegirma ishladimi degan savolga javob bersangiz, javobingizni ham. Sayt nusxalashni saytdagi nusxalash kabi, javobni esa saytdagi «Yoqdi» va «Yoqmadi» tugmalari kabi hisoblaydi va IP manzilingizni oxirgi qismi yashirilgan holda hamda brauzer turini saqlaydi. Kengaytmada analitika, reklama va ro'yxatdan o'tish yo'q. Ba'zi takliflar hamkorlik (referal) havolalari va kodlari, kengaytma ularni belgilab ko'rsatadi: ular faqat siz bosganingizda ochiladi va Promokoduz do'kondan bonus olishi mumkin.
Huquqlaringiz va aloqa
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarning nusxasini so'rashingiz, ularni tuzatish yoki butunlay o'chirishni talab qilishingiz mumkin. Savollar va so'rovlar uchun: [email protected] yoki Telegram'da @ergashevjahongir.