Nima beriladi: Agoda'da Visa'ning maxsus havolasi orqali bron qilib, Visa kartasi bilan to'lasangiz, xona narxidan 12% gacha chegirma. Bu promokod emas, aksiya.
- Faqat agoda.com/c/visacemea havolasi orqali qilingan bronlar hisoblanadi: agoda.com'da to'g'ridan-to'g'ri bron qilinsa, chegirma berilmaydi
- Kartalar: Visa Gold, Platinum, Signature, Infinite, Business, Platinum Business va Signature Business
- Chegirma faqat xona narxiga: mahalliy soliqlar, xizmat va qo'shimcha yig'imlarga tatbiq etilmaydi
- Mehmonxonada to'lanadigan bronlarga chegirma yo'q, boshqa aksiyalar bilan qo'shilmaydi
- Bron 2026-yil 1-oktabrdan 2027-yil 30-sentabrgacha, yashash ham 2027-yil 30-sentabrgacha
Qanday ishlatish kerak:
- agoda.com/c/visacemea havolasini oching
- Visa karta raqamini kiriting: chegirma bron shaklida shundan keyin ko'rinadi
- Turar joyni tanlang va Visa kartasi bilan oldindan to'lang
Shartlar Visa O'zbekiston saytidagi aksiya sahifasidan 2026-yil 8-oktabrda olingan. Visa va Agoda shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirishi mumkin.




